Ostonada o‘tkazilgan xalqaro teatrlar festivalida «Ko‘chki» spektakli taqdirlandi
![Ostonada o‘tkazilgan xalqaro teatrlar festivalida «Ko‘chki» spektakli taqdirlandi](https://static.xabaruz.com/crop/4/0/720_460_95_4077385307.jpg)
Samarqand viloyat musiqali drama teatri jamoasi Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan «Samg‘au» VI xalqaro teatrlar festivalida «Ko‘chki» spektakli bilan ishtirok etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi rasmiy sayti xabar berdi.
Festival yakunlariga ko‘ra, ushbu spektakl tomoshabinlar va mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Taqdirlash marosimida Qozog‘iston xalq qahramoni A.Mambetov nomidagi maxsus diplom va festival ramzi tushirilgan statuetka tantanali ravishda topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter