Oskar mukofoti asosiy nominatsiyasining mashhur nomzodlari ma’lum bo‘ldi
«Oskar» mukofoti bilan taqdirlash marosimi 2018-yilning 4-mart kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.
Amerika kinematografiya san’ati akademiyasi kelasi yilda «Oskar»ning asosiy mukofotiga da’vogarlik qiluvchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Ro‘yxatga 341 ta film kiritildi, ularning barchasi «Yilning eng yaxshi filmi» bo‘lishga da’vo qilishi mumkin. Keyinchalik ular orasidan short-listga kiruvchilar saralab olinadi. Qoidalarga ko‘ra, har bir kartina 40 daqiqadan kam bo‘lmasligi va Los-Anjelesdagi kinoteatrlarda 7 kundan kam namoyish etilmagan bo‘lishi lozim.
«Oskar»ga nomzodlar ro‘yxatida «Karib dengizi qaroqchilari: o‘liklar ertak aytmaydi», «2049-yil tig‘ida yugurib», «Qahramon ayol», «Yo‘qol», «Dyunkerk» va «Kingsman: oltin uzuk» filmlari bor.
Saralangan ro‘yxat esa 2018-yilning 23-yanvarida e’lon qilinadi. Unda beshtadan o‘ntagacha kartina qatnashadi. Eslatib o‘tamiz, «Oskar»ning 89-marosimi 2017-yil 27-fevralda bo‘lib o‘tgan, unda «Yilning eng yaxshi filmi» deb «Oy shu’lasi» topilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter