«Oskar» kinomukofoti sovrindorlari bilan tanishing
Los-Anjelesdagi «Dolby Theatre» kinoteatrida «Oskar» kinomukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 90-marosimga bu yil ham Jimmi Kimmel boshlovchilik qildi, deya xabar berdi «Obozrevatel.com» nashri.
Marhamat, quyida g‘oliblar bilan tanishing:
Eng yaxshi film — «Suv shakli» (The Shape of Water)
Eng yaxshi rejissyor — Gilermo del Toro «Suv shakli»
Eng yaxshi aktyor — Gari Oldman «Qaro kunlar» (Darkest Hour)
Eng yaxshi aktrisa — Frensis Makdormand («Ebbing, Missuri chegarasidagi uchta reklama taxtasi» — Three Billboards Outside Ebbing, Missouri)
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa — Ellison Jenni («Tonya barchaga qarshi» — I, Tonya)
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor — Sem Rokuell («Ebbing, Missuri chegarasidagi uchta reklama taxtasi»)
Eng yaxshi original ssenariy — «Yo‘qol» (Get Out)
Eng yaxshi adaptatsiya qilingan ssenariy — «Meni o‘z isming bilan chaqir» (Call Me by Your Name)
Eng yaxshi animatsion film — «Koko» (Coco)
Eng yaxshi hujjatli film — «Ikar»
Eng yaxshi libos dizayni — «Xayoliy rishta» (Phantom Thread)
Eng yaxshi postanovkachi rassom ishi — «Suv shakli»
Eng yaxshi grim — «Qaro kunlar»
Eng yaxshi montaj — «Dyunkirk» (Dunkirk)
Eng yaxshi ovoz montaji — «Dyunkirk» (Dunkirk)
Eng yaxshi ovoz — «Dyunkirk» (Dunkirk)
Eng yaxshi operatorlik ishi — «Tig‘ ustida 2049» (Blade Runner 2049)
Eng yaxshi vizual effektlar — «Tig‘ ustida 2049»
Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — «Azizim basketbol» (Dear Basketball)
Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film — «Jannat — 405-shossedagi tirbandlik» (Heaven Is a Traffic Jam on the 405)
Eng yaxshi qisqa metrajli film — «Soqov go‘dak» (The Silent Child)
Chet tilidagi eng yaxshi film — «Fantastik ayol» (Chili)
Eng yaxshi qo‘shiq — Remember Me («Koko»)
Eng yaxshi original saundtrek — «Suv shakli»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter