Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar Chexov o‘limining asl sababini aniqlashdi

Olimlar Chexov o‘limining asl sababini aniqlashdi

Anton Chexov Rossiyada eng ko‘p o‘qiluvchi yozuvchilar qatorida turadi.

Foto: CABLOOK onlayn–jurnali

Britaniyalik olimlarning ma’lum qilishlaricha, rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexov oldin qayd etilganidek yurak xurujidan vafot etmagan. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Ma’lumki, yozuvchi 1904-yilning 15-iyulida Germaniyaning Badenvayler kurort shaharchasidagi mehmonxonada vafot etgan. O‘lim holati yurak xuruji tufayli sodir bo‘lgani qayd etilgan.

Ammo britaniyalik olimlar yozuvchining saqlanib qolgan ko‘ylagini chuqur kimyoviy tahlillardan o‘tkazganlaridan so‘ng o‘lim katta ehtimol bilan miyaga qon quyilishi tufayli yuzaga kelgan, degan xulosaga kelishdi. Chunki ko‘ylakdagi qon dog‘larida sil bakteriyalari bilan birga oqsil qoldiqlari ham topilgan va bular tromb hosil bo‘lishi oqibatida miyaga qon quyilishi yuz berganligini ko‘rsatadi.

2017 yilda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar natijasiga ko‘ra Anton Chexov Rossiyada eng ko‘p o‘qiluvchi yozuvchilar qatorida turadi, deb yozadi lenta.ru.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring