Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Netflix effekti» yoki kino shunchaki tomosha emasligi haqida

«Netflix effekti» yoki kino shunchaki tomosha emasligi haqida

Foto: «What’s on Netflix»

2020-yilning 23-oktyabr kuni «Farzin yurishi» seriali «Netflix»da joylashtirildi.

Shundan keyin nimalar bo‘lgani quyidagi raqamlarda:

  • Serialni bugungi kungacha 62 million oila tomosha qildi.
  • «eBay»da shaxmat taxtasini sotib olish 250 foizga oshdi.
  • «Google»da «shaxmat qanday o‘ynaladi» degan so‘rov oxirgi 9 yilda eng yuqori nuqtasiga chiqdi.
  • Serialga asos qilib olingan «The Queeen’s Gambit» asari chop etilganidan so‘ng oradan 37 yil o‘tib «New York Times»ning bestsellerlari ro‘yxatiga kirdi.
  • «Chess.com» saytidan foydalanuvchilar soni 5 karra oshdi.

Ma’lumot uchun: «Netflix» — jahonda eng ommalashgan striming (oqimli video) videoservislaridan biri. Servis filmlar va seriallarni nafaqat namoyish etadi, balki o‘zi suratga oladi.

«Netflix»ning o‘ziga xos jihati: seriallarning yangi seriyalari hafta davomida bitta-bittalab emas, balki butun mavsumi bilan bir kunda dunyo bo‘ylab, turli tillarda joylashtiriladi.

Barcha mamlakatlarda «Netflix» ishlaydi, istalgan qurilmadan foydalanish mumkin: smartfonlar (Android va iOS), planshetlar, kompyuterlar, televizorlar, TV-pristavkalar, o‘yin konsollari, DVD hamda Blu-ray pleyerlar.

Juda qulay servis, barcha qurilmalarni sinxronlasa bo‘ladi. Masalan, filmning 30 daqiqasini televizorda, davomini kelgan joyidan smartfonda tomosha qilishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring