Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navro‘z bayrami tantanalari «Humo Arena»da o‘tkazilishi mumkin

Navro‘z bayrami tantanalari «Humo Arena»da o‘tkazilishi mumkin

Toshkentda yangi qad rostlayotgan «Humo Arena» muz saroyi Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi. Bu haqda «GoSport» xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur arena bitgach, Navro‘z bayrami tantanalari aynan shu uyingohda o‘tkaziladi. Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev sportga bag‘ishlangan matbuot anjumanlarining birida ham bu haqida gapirib o‘tgan.

«Davlatimiz rahbari, nasib bo‘lsa Navro‘z bayrami tadbirlarini «Humo» arenasida o‘tkazamiz, dedilar», deya gapirgan Nabiyev. Manbalar bunda aynan asosiy bayram tadbirlari nazarda tutilganini bildirmoqda.

Hozircha, bu borada rasmiy ma’lumotlar berilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring