Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mona Liza» kasal bo‘lganmi?

«Mona Liza» kasal bo‘lganmi?

Foto: «Wikipedia»

Texas universiteti endokrinolog-pediatri Maykl Yafi Leonardo da Vinchining «Mona Liza» asarida tasvirlangan Liza Gerardini gipoterioz xastaligidan aziyat chekkan degan bayonlarni inkor etdi. Bu haqda «Eurek Alert» yozmoqda.

2018-yili «Mayo Clinic Proceedings» jurnalida chop etilgan tadqiqot-maqolada Gerardini qalqonsimon bez yetishmovchiligi — gipoterioz bilan og‘rigan degan da’vo ilgari suriladi. Ayol terisi rangining sarg‘ishligi, bo‘qoqi borligi, qoshlarining yo‘qligi bunga dalil qilib olinadi. Qolaversa, suratdagi mashhur tabassum siri psixomotorik oqsash va mushaklar kuchsizligida deb topiladi.


Mavzuga oid: «Mona Liza»ning siri ochildi


Ammo, doktor Yafining aytishicha, o‘sha «tibbiy tashxis» mutlaqo asossiz. Deylik, Gerardinining gipoteriozi bo‘lsa, u holda uning bo‘qog‘i kattaroq, aniqroq ko‘ringan bo‘lardi. Da Vinchidek usta rassom uchun buni chizish hech qanday muammo tug‘dirmasdi, deydi shifokor.

Qalqonsimon bezning sust faolligi fertillikka salbiy ta’sirini o‘tkazgan bo‘lardi, deydi Yafi, biroq, ma’lumki, Gerardini beshta farzand tuqqan, jumladan, bittasini shu rasm chizilishidan bir necha oy avval dunyoga keltirgan.

Agarda ayolda miopatiya (Jokonda gioteriozning bu og‘ir formasi bilan ham «tashxislangan») ham rivojlangan bo‘lsa, rassom qarshisida qaddini buncha vaqt tik tutib o‘tirishiga mushaklarining kuchi yetmasdi.

Sariq rangga keladigan bo‘lsak, bu san’at asarining yoshi bilan bog‘liq. «Qoshsiz ayollar»ni Da Vinchining ko‘p asarlarida uchratamiz, buni biron-bir kasallik bilan bog‘lash o‘rinsiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring