«Mister Bin» o‘zbek san’atidan nima o‘g‘irlagan? (video)
O‘zbek musiqa san’atining jahon madaniyatidagi o‘rni haqida ko‘p gapiramiz. Jahon kinosi durdonalarida milliy musiqamizning o‘lmas namunalaridan foydalanilgani haqida juda ko‘p misol keltirish mumkin. Masalan, Odessa kinostudiyasida suratgan olingan «If qal’asining mahbusi» filmidagi Tunis begi Ali Taboriyni o‘ldirish sahnasi Buxoroda suratga olingan va unda «Shashmaqom» durdonalaridan o‘rinli foydalanilgan.
Yaqinda o‘zbek saytlaridan birida mashhur «Taksi» filmining saundtreki va o‘zbek hofizi Otajon Xudoyshukurov ijrosidagi «Bahorimdan roziman» qo‘shig‘i o‘rtasidagi o‘xshashlik haqida chop etilgan maqola katta bahslarga sabab bo‘ldi. Biroq, ko‘rinib turibdiki, o‘zbek hofizi ijro etgan bu qo‘shiq turk xalq qo‘shig‘i bo‘lib, uning musiqasi o‘zbek san’ati emas, bevosita turk san’ati orqali yevropalik kinoustalarga yetib borgan bo‘lsa ajab emas.
Biz bu o‘rinda yana bir o‘xshashlikni muxlislar e’tiboriga havola etmoqchimiz. Buni balki ko‘pchilik tingllovchilar allaqachon payqagandir: Rouen Atkinson ijrosidagi «Mister Bin dam olishga boradi» badiiy filmi esingizdami? Parijga kelib, adashib qolgan mister Bin havaskor aktrisaning mashinasida Kannga ketayotib uning telefonidagi turli musiqalarni eshita boshlaydi. Filmning 60-daqiqa 40-soniyasida (quyidagi videoning 21-soniyasidan boshlab) bir necha soniya davom etadigan bir tarona bor. Faqat u juda qisqa bo‘lgani uchun ilg‘ash biroz qiyindir. Ammo bu parcha Berta Davidova ijro etgan, buyuk bobomiz Alisher Navoiy g‘azaliga bastalangan «Munojot» qo‘shig‘idan olingan bo‘lishi ehtimolga juda yaqin.
O‘zingiz tinglab ko‘rib, baho bering.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter