Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mingta chanqovuz, bitta usta va 70 kunlik mehnat

Mingta chanqovuz, bitta usta va 70 kunlik mehnat

Foto: «Xabar..uz»

I Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ochilish marosimining bayram dasturida 500 nafar yoshlar chanqovuz chalishadi. Bu haqda festival Matbuot markazi xabar bermoqda.

Bayram dasturi repertuaridan o‘rin olgan ushbu musiqiy chiqishda yosh ijrochilar Surxon vohasi urf-odat, an’anasini o‘zida mujassam etgan, vohaga xos kuyni ijro etishadi.

Aytish kerakki, yoshlar tomonidan ijro etilishi rejalashtirilgan ushbu musiqiy chiqishda ijrochilar vohaning betakror tabiati va takrorlanmas san’atini chanqovuz asbobi kuyida tasvirlab berishadi.

«Ijro mahsulini eshitar ekansiz, kuyda yangrayotgan ohangda yurakni junbushga keltiruvchi nolani borligini his qilasiz. Va atrofga taralayotgan musiqa sizni bir dam olis o‘tmishga yetaklagandek, go‘yo», — deyiladi xabarda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘tkaziladigan festivalga Boysunlik hunarmandlar o‘z hissasini qo‘shishga astoydil kirishgan. Jumladan, G‘ayrat Musurmonov tomonidan ming dona chanqovuz asbobi yasab berildi. Uni usta hunarmand yetmish kun davomida yasadi.

Bir so‘z bilan aytganda, festivalda chanqovuz tilini sayratgan, dillarni yayratadigan yosh chanqovuzchilar bayram dasturiga alohida tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring