Mashhur klipmeyker Jasur Shametov 39 yoshida vafot etdi
Taniqli operator, rejissor, klipmeyker Jasur Shametov 39 yoshida vafot etdi. Bu haqda Burxon Sharopov ma’lum qildi.
U shu kunga qadar «Qalbim o‘g‘risi», «Achchiq hayot», «Qalbaki dunyo», «Uchrashuv», «Gunoh», «Zarb», «Oh, Salima, Salima», «Mahallada nima gap?» kabi badiiy filmlarida postanovkachi operator sifatida ishlagan.
Shuningdek, «Uchrashuv» badiiy filmining ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyori hisoblanadi.
Aktyor sifatida esa «Suiqasd», «Poyma-poy» filmlarida rollar ijro etgan.
Klipmeyker sifatida Rayhon, Lola, Shohruhxon, Munisa Rizayeva, «Afruz» guruhi va boshqa xonandalarning o‘nlab kliplarini tasvirga olgan.
«Xabar.uz» jamoasi marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter