Mashhur aktyor jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda
Ispaniyalik jurnalist Rut Basa fransuz aktyori Jerar Depardeni jinsiy zo‘ravonlikda aybladi. Ayolning aytishicha, ushbu holat 1995-yilda sodir etilgan. Bu haqda La Vanguardia gazetasi xabar berdi.
Jurnalist Ispaniya politsiyasiga deyarli 30 yil avval fransuz aktyori tomonidan zo‘ravonlik qurboni bo‘lganini aytib, murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Parijda aktyordan intervyu olganida ushbu holat sodir bo‘lgan, u 23 yoshda bo‘lgan.
Bu aktyor bilan bog‘liq bu yilgi birinchi janjal emas. Ayollarga nisbatan haqoratomuz so‘zlari uchun Deparde allaqachon Fransiyaning eng oliy mukofoti – «Faxriy legion» ordenidan mahrum qilingan edi.
Bunga KXDRga tashrif bilan bog‘liq epizodni o‘z ichiga olgan hujjatli film sabab bo‘ldi. Koreyada aktyor ayollar va voyaga etmagan qizlarga nisbatan nojo‘ya gaplarni so‘zlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter