Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Luvr muzeyida ilk bor O‘zbekiston merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi (foto)

Luvr muzeyida ilk bor O‘zbekiston merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi (foto)

23-noyabr kuni ilk bor O‘zbekistonning boy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma Fransiya poytaxtida ochiladi.

Ko‘rgazmada hozirgi O‘zbekistonning janubiy hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li haqida hikoya qilinib, unda qariyb ikki ming yillik davrni qamrab oluvchi 169 ta eksponat, jumladan, O‘zbekistonning 16 ta muzeyidan 138 dona osori-atiqa, shuningdek, dunyoning yetakchi muzeylaridan 31 ta muzey ashyosi namoyish etiladi.

Ushbu loyihaga so‘nggi bir necha yil davomida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining jamoasi tomonidan Luvr muzeyi kuratori Yannik Lins, ilmiy kurator Rokko Rante hamda loyihaning ilmiy maslahatchisi Shokir Pidayev bilan hamkorlikda puxta tayyorgarlik ko‘rildi.

Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan eksponatlardan biri — Buddaviylar ibodatxonasidagi Kushon shahzodasining boshi. U 1937 yilda Surxondaryo viloyati hududida bo‘lgan Kushon podsholigi davrida tashkil etilgan Dalvarzintepa shaharchasi yaqinida arxeologik qazishmalarda topilgan.

Afrosiyob rasmlari 1965 yilda kashf etilgan. Surat taxminan VI asr oxirlari VIII asr boshlariga tegishli. Samarqand ixshidi (hukmdori) Varxuman saroyidan topilgan.

Dalvarzintepadagi buddaviylar ibodatxonasidan topilgan Bodxisattva haykali esa eramizgacha bo‘lgan II-III asrga tegishli eksponat hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring