Kutubxonadan olingan jurnal 50 yildan keyin «syurpriz» bilan qaytarildi
Kayaxoga (Ogayo shtati, AQSh) kutubxonasi foydalanuvchisi 1968-yili chop etilgan, muqovasiga «The Beatles» guruhining tasviri tushirilgan «Life» jurnalini oradan 50 yil o‘tib qaytardi.
Jurnalga ilova qilingan maktubga ko‘ra, mushtariy jurnalni bolaligida o‘g‘irlagan, endi qilmishidan pushaymon, yetkazilgan zarar uchun tovon sifatida 100 dollarlik chek ham jo‘natibdi.
Kutubxonachilar ham olijanoblikda «o‘g‘ri-kitobxondan qolishmadi, ular «Facebook»dagi sahifasida shunday murojaat qoldirishdi: «Life» jurnalining 1968 yildagi nusxasini «olib turgan» «The Beatles» guruhi muxlisiga: Shu haftada jurnalni qaytarib, vijdoningizni poklab olganingiz uchun rahmat».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter