Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Klara Jalilova vafot etdi

Klara Jalilova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, «Do‘stlik» ordeni sohibi Klara Jalilova vafot etdi. Avvalroq aktrisaning betob ekani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, Klara Jalilova 1937-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Aktrisa faoliyatini qo‘shiqchilikdan boshlagan. 1958-yilda suratga olingan «Maftuningman» filmidagi bosh qahramon — Yulduzxon obrazi aktrisaga olamshumul mashhurlik olib kelgan.

Klara Jalilova «Chinor ostidagi duel», «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kulol va xumcha», «So‘nggi lahza» kabi filmlarda ham esda qolarli obrazlar yaratgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring