Kann xalqaro festivali g‘olibi Toshkentga keldi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yosh kinoijodkorlarga ustozlarning bilganini ish jarayonida ham o‘rganish imkoniyatini berdi. Yosh kinochilar germaniyalik mashhur operator Maks Tsui va o‘zbekistonlik iste’dodli ijodkor Jasur Shametov bilan birga suratga olish maydonida ishlay boshlashdi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
«Art House» loyihasining Jahongir Qosimov badiiy rahbarligidagi kursi tinglovchilari dars soatlarida nazariy bilimlarnigina o‘zlashtirib qolmay, balki yirik mega loyihada ishtirok etishmoqda.
Bugun «Art House» o‘z nomiga munosib holda haqiqiy «San’at uyi»ga aylandi. Chunki uning ishtirokchilari har bir yo‘nalishda bir yoki ikki soat emas, balki ikki oy mobaynida suratga olish maydonida professional ijodkorlardan mahorat saboqlarini olishadi.
Kursning operatorlik ishi yo‘nalishida Jasur Shametovdan sohaning sir-asrorlarini o‘rganayotgan yosh kinoijodkorlar bahorning ilk kunidan ishga tushirilayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, «O‘zbekkino» Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazining hamkorligida amalga oshirilayotgan «SCORPION» trillerining suratga olish ishlarida qatnashib borishadi.
«Art House» tinglovchilari bu imkoniyatni katta maktab deb hisoblashmoqda.
«SCORPION» suratga olish maydonida germaniyalik mashhur operator, Kann xalqaro festivali g‘olibi Maks Tsuidan operatorlik sirlarini yosh kinoijodkorlarga o‘rgatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Maks Tsui rejissyor Muxlisa Azizovaning bundan avvalgi loyihasi «Welcome to Bukhara»da ham hamkorlik qilgan edi. Rejissyor va operatorning Buxoro roligidagi hamkorligi «SCORPION»da davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter