Kann Xalqaro festivali doirasida O‘zbekiston paviloni o‘z eshiklarini ochdi
Joriy yilning 8-19 may kunlari Fransiyaning Kruazet sohili bo‘yida tashkil etilayotgan 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasida ilk bora O‘zbekiston paviloni tashkil etildi.
Dunyoning 58 ta mamlakati milliy pavilonlari qatoridan joy olgan o‘zbek paviloni 8 may kuni o‘z eshiklarini dunyoning barcha mamlakatlaridan tashrif buyurgan kino vakillariga ochdi.
Bu galgi festivalda asosiy tanlovning hakamlar hay’atini aktrisa Keyt Blanshett boshqaradi. Asosiy tanlov dasturida 21 kartina namoyish etiladi. Ularning orasidan Jan-Lyuk Godar, Pavel Pavlikovskiy, Matteo Garrone, Szya Chjanke, Ja’far Panohiy va Nuri Bilge Jeylanlarning yangi ishlari o‘rin olgan.
71-Xalqaro Kann kinofestivali 19 may kuni o‘z ishlarini yakunlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter