Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joli AQShning birinchi xonimi emas, birinchi shaxsi bo‘lmoqchi chog‘i?

Joli AQShning birinchi xonimi emas, birinchi shaxsi bo‘lmoqchi chog‘i?

Foto: «Fraufluger.ru»

Gollivud yulduzi, sohibjamol Anjelina Joli AQSh prezidenti bo‘lishga qarshi emasday. Bu haqda «Life» yozmoqda.

«BBC» muxbirining: «Amerika prezidenti bo‘lishga tobingiz qalay?» mazmunidagi savoliga u shunday javob berdi: «Agar 20 yil avval shu haqda so‘raganingizda, ishoning, kulgan bo‘lar edim. Hozir esa... qayerda kerak bo‘lsam, biling, men o‘sha joyda hozirman!».

Kinodagi betakror obrazlaridan tashqari yetimparvar ayol sifatida nom qozongan Joli BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha maxsus elchisi ham hisoblanadi. Shu bois Qo‘shma Shtatlarning amaldagi rahbari Donald Trampning migrantlar bo‘yicha chiqargan farmonini qattiq tanqid ostiga olgan edi.

Darvoqe, suhbat jarayonida Joli lutflardan taltayib ketmadi, aksincha, o‘zini ancha bosiq tutdi. Masalan, «Demokratlar tomonidan nomzodingiz qo‘yilsa, muvaffaqiyat qozonishingiz mumkin», mazmunidagi savolga qisqa javob berish bilan tiyildi: «Rahmat!».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring