Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jaloliddin Manguberdi haqida 1998 yilda film suratga olinishi kerak edi. Ammo nima uchun olinmagan?

Jaloliddin Manguberdi haqida 1998 yilda film suratga olinishi kerak edi. Ammo nima uchun olinmagan?

Kecha Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tarixchi olimlar va OAV xodimlari bilan uchrashdi va Sulton Jaloliddin Manguberdi serialini suratga olish ishlarini muhokama qildi. Eslatib o‘tamiz, serial turkiyalik kinoijodkorlar tomonidan tasvirga olinadi.

Yig‘ilishda tarixchi olim Jumaboy Rahimov ham ishtirok etdi va nima sababdan shu vaqtga qadar bu mavzuda film olinmaganiga oydinlik kiritdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qildi.

«Aslida Jaloliddin Manguberdi haqida film 1998 yilda suratga olinishi kerak edi. Bu haqda hukumat qarori ham qabul qilindi va Shuhrat Abbosov rejisser sifatida ish boshladi. Men unga tarixchi-maslahatchi sifatida biriktirildim.

Biz uch oy birga ishladik, ammo keyin tarqalib ketishga majbur bo‘ldik. Nima uchun? Chunki men maslahatchi sifatida tarixiy haqiqatni saqlab qolishni, Jaloliddin Manguberdi haqida barcha ma’lumot qanday bo‘lsa, shundayligicha berishni talab qildim. Badiiy haqiqat tarixiy haqiqatga bo‘ysunishi kerakligini aytdim.

Ammo Shuhrat Abbosov bu talablarni bajara olmasligini ochiq-oydin tan oldi. «Men bunaqa yuqori talablarni bajara olmayman. Garchi hukumat menga shu topshiriqni bergan bo‘lsa ham, ularga tushuntiraman, bunaqa film olishga bizning kuchimiz yetmaydi, deyman. Endi sen ham o‘z ishing bilan ketaver, men ham o‘z ishimni qilay», — dedi buyuk rejisser. Natijada film suratga olinmay qolib ketdi.

Mana endi shunday qiyin ishni turk birodarlar o‘z zimmasiga olibdi. Buning uchun ularga katta rahmat.

Ammo men o‘ylaymanki, ssenariy yozilishi, film suratga olinishi asnosida o‘zbek tarixchilari ham ishtirok etish lozim. Chunki turk tarixchilarining o‘zida ham ziddiyatlar bor. O‘qiganmiz, bilamiz.

Jaloliddin Manguberdi va turk sarkardalari o‘rtasida ikki marta jang bo‘lgan. Shunday ekan, turklar filmni olishda xolislikka amal qilishlarini istagan bo‘lardim», — deydi Jumaboy Rahimov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring