Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali yakunlari taqdimoti o‘tkazildi

«Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali yakunlari taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan 28-sentyabrdan 3 oktyabrgacha «Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkazilgan edi.

Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan Xalqaro media-xolda «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali yakunlari taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari hamda Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Yaponiya favqulotda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama, Kinematografiya agentligining bosh direktori Firdavs Abduxoliqovlar spikerlar sifatida ishtirok etishdi.

Yaponiya favqulotda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama o‘zbek-yapon kinosanoatidagi hamkorlikni alohida ta’kidlab, kelajakda ayni sohada ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Kinofestivalda qariyb 50 mamlakatidan 300 dan ortiq san’at ustalari, jumladan, Nikita Mixalkov, Timur Bekmambetov, Pavel Priluchniy, Lyuk Besson, Mitxun Chakraborti, Stiven Sigal va boshqa taniqli kino ustalari taklif etilgan edi.

Ma’lumot uchun, bu yil XIII marta o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro kinofestivali O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan «Ipak yo‘li durdonasi» nomi bilan qayta tiklandi va Kinematografiya agentligi tomonidan joriy yildan boshlab har yili muntazam ravishda o‘tkaziladi.

Taqdimot so‘ngida Kinematografiya agentligi hamda Yaponiyaning «Loaded films LTD» kompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan «Dunyoning bir chekkasi» badiiy fil’mining maxsus prem’yerasi ham o‘tkazildi. Filmda o‘zbek kinoaktyorlari Adiz Rajabov, Mirza Azizov, Muyassar Berdiqulova, Anvar Kartayev, Zulfiya Rayimqulova hamda yapon kinoaktyorlari: Atsuko Maeda, Shota Sometani, Rio Kase, Tokio Emotolar rol ijro etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring