Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ijod» fondi direktori: «Xondamir Qodiriy menga murojaat qilsin»

«Ijod» fondi direktori: «Xondamir Qodiriy menga murojaat qilsin»

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Jahon adabiyoti durdonalari: o‘zbek tiliga tarjima qilish va chop etishdagi yutuqlar, muammolar va istiqboldagi rejalar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda jurnalistlar «Ijod» fondi direktori Sherzod Irzoyevga buyuk yozuvchimiz Abdulla Qodiriyning ingliz tiliga tarjima qilingan «O‘tkan kunlar» asarini chop etish bilan bog‘liq masalaga izoh so‘ragan.

Qayd etish joizki, yaqinda «Telegram» tarmog‘idagi taniqli kanallarning birida Abdulla Qodiriy nabirasi Xondamir Qodiriy amerikalik Mark Eduard Riz tomonidan 15 yil davomida o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilingan «O‘tkan kunlar» asarini chop etish uchun mablag‘ yig‘ish aksiyasini boshlagani xabar qilingan edi.

«Men Xondamir akani juda yaxshi taniyman. Bu masalada «Ijod» fondi qo‘llab-quvvatlashga tayyor, faqat buning uchun Xondamir aka shaxsan o‘zimga murojaat qilsalar kifoya», — deb aytgan Sherzod Irzoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring