Hokimlar va boshqa rahbarlar uchun ikkita film maxsus namoyish etildi
![Hokimlar va boshqa rahbarlar uchun ikkita film maxsus namoyish etildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/1/720_460_95_3151931663.jpg)
Bugun Yoshlar ijod saroyida «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Rangsiz tushlar» va «Tengiz» badiiy filmlarining namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur namoyish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2021 yil 13 yanvardagi topshirig‘iga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari uchun tashkil etildi.
Namoyishdan avval «O‘zbekkino» MA Bosh direktori birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev so‘zga chiqib, filmlar haqida qisqacha to‘xtaldi. Bundan tashqari, Agentlikning yangi loyihalari, tarixiy janrdagi kartinalar haqida gapirdi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv tashrif buyurganlarda iliq taassurot qoldirdi.
«O‘zbekkino» Milliy agentligi Axborot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter