Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markaziga direktor tayinlandi

Akif Marifli O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining yangi direktori etib tayinlandi.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar u Madaniyat vazirligining Kitob sanoati bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Akif Marifli Boku davlat universitetida tarix fakultetida bakalavr, Turk dunyosi tarixi bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. OMFA (Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi) Sharqshunoslik institutida doktoranturani davom ettirgan. U tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining fanlar doktori dasturini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim sifatida boshlagan, keyinchalik Favqulodda vaziyatlar vazirligida faoliyatini davom ettirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter