Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guberniyevdan Boyarskiygacha: Latviyaga kirishi taqiqlangan yulduzlar

Guberniyevdan Boyarskiygacha: Latviyaga kirishi taqiqlangan yulduzlar

Yana olti nafar rossiyalik madaniyat namoyandasi Latviyaga kirishi taqiqlangan shaxslar qora ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs Rossiya Federatsiyasining olti nafar fuqarosini Immigratsiya to‘g‘risidagi qonunning 61-moddasi ikkinchi qismiga asoslanib Latviya Respublikasi uchun nojoiz shaxslar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida qaror chiqardi», — deyiladi bayonotda.

Bular — Timati (Timur Yunusov), Mariya Shukshina, Mixail Boyarskiy, Sergey Bezrukov, Igor Ugolnikov va Yuliya Chicherina.

Latviya TIV avvalroq 25 nafar rossiyalik madaniyat namoyandasini qora ro‘yxatga kiritgandi. Stop-listga, jumladan, Dmitriy Guberniyev, Mariya Sittel, Nikita Mixalkov, Denis Matsuyev, Valeriy Gergiyev, Polina Gagarina, Nikolay Rastorguyev, Stas Mixaylov va boshqalarning nomlari tirkalgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring