Fotosuratlar tanlovi finalchilarining eng yaxshi asarlari
«EyeEm Awards 2019» fotosuratlar konkursi tashkilotchilari finalchilarni tanlab olishdi. Bu yil hakamlar hay’ati qariyb bir million talabnomani ko‘rib chiqdi. «EyeEm Awards» ijodiy uyushmasi butun dunyo bo‘ylab iste’dodlarni qidiruvchi maydoncha sifatida tanilgan. Bu yerda novatorlik va noodatiy suratlarga e’tibor qaratiladi. G‘oliblar nomi oktyabrda Berlin fotosuratlar haftaligida ma’lum bo‘ladi. Eng qiziqarli asarlar esa — «Ria.ru» talqinida.
Sandra Morante Larung Gar buddizm akademiyasi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Tibetga boradi. Bir kuni ertalab rohiblar ibodat qilish uchun ibodatxonaga to‘planishganida ulardan biri suratchini payqab, ob’yektivga tikilib qoladi.
Rapa-de-Bestas an’anaviy Galisiya bayramida mahalliy aholi yovvoyi otlar yolini kaltalatadi. Bu Devid Lopes Fernandesni ilhomlantirgan ko‘rinadi.
Altan Kan ayolning jangchiga aylanishini namoyish qildi.
Irina Petrova bu rasmni Krasnodarda ota-onasining uyidagi oshxonada olgan.
Aleksey Dulin fotosurat yordamida fikr va his-tuyg‘ularni ifodalash mumkinligiga ishonadi.
Yevgeniya Ryuker bu suratni tongda «Milyarino, San Rossore va Massachukkoli» toskan parkida olgan.
Umarali Shenakayli bir umr yovvoyi otlarni ko‘rishni xohlaganini aytdi. Turkiyaning Kayseri shahrida uning bu orzusi ushalgan.
Tokioda tiqilinch poyezd. Surat muallifi — Geyl Juknite.
Fotosurat qahramoni Bimo Pradito — Indoneziyada batik ustasi. U 35 yildan beri erigan mum yordamida matolarga naqsh solish bilan shug‘ullanadi.
Vitaliy Golovatyuk bu suratni Gonkongga xizmat safari chog‘ida olgan.
Abxaziyadan Nikita Shukin rang-barang kuzni tasvirlash maqsadida rangli surat olishga shaylangandi. Biroq asar bilan ishlash jarayonida muallif oq-qora kuz kayfiyatini yaxshiroq ifodalashini sezib qoldi.
Daniyaning Vayle shahridagi sokin suv. Matias Trumminger olgan surat.
Ehtiros odamni kreativ qilib qo‘yadi, deydi Joel Petsold. Ushbu kadr muallif hayotidagi uchta asosiy ilhom tufayli vujudga kelgan: san’at, fotosurat va sevgan yori.
Manxettenning «Chelsi» rayonidagi «Joys» teatri. Surat muallifi — Nei Kruz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter