«Forsaj» filmi yulduzi yana ota bo‘ldi
«Forsaj» filmi orqali muxlislar orasida mashhur bo‘lgan aktyor Dueyn Jonsonning rafiqasi Loren Xashian qiz farzandni dunyoga keltirdi. Unga Tian deya ism qo‘yishgan. Bu oilaning ikkinchi va Dueynning uchinchi farzandi sanaladi. Bu haqda « Hellomagazine.com» xabar bermoqda.
Mazkur yangilikni aktyor o‘zining «Instagram»dagi sahifasida ma’lum qilgan. Dueyn farzandi bilan tushgan rasmiga quyidagicha izoh bergan: «Tiana Jia Jonson bu dunyoga tabiatning haqiqiy kuchi sifatida dunyoga keldi».
Loren va Dueyn 10 yildan beri birga yashaydilar va ularning Jasmin ismli ikki yashar qizchasi bor. Loren bilan uchrashgunga qadar Dueyn prodyuser Deni Garsiya bilan turmush qurgan bo‘lib, ularning Simon ismli 17 yoshli qizi bor edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter