«Forsaj-9» pandemiya rekordini o‘rnatdi
«Forsaj-9» filmi dunyo bo‘yicha 700 mln. dollar daromad ko‘rdi. Bu so‘nggi 2 yildagi eng kassabop natija hisoblanadi.
Kino AQShda $172,6 mln., xalqaro kinoteatrlarda esa $528 mln. daromad qilgan. Bunday katta daromad ko‘rgan oxirgi Hollivud filmi «Jumanji: yangi bosqich» kartinasi edi ($800 mln.).
«Forsaj-9» kinoprokatda pandemiya rekordini qo‘ydi. AQShda u «Qora beva»dan keyin ommalashgan kartina bo‘ldi.
Franshizaning 10-qismi yanvarda suratga olina boshlanadi va 2023 yilda ekranlarga chiqadi. «Forsaj-11» s’yomkasi esa 10-qismidan keyinoq start oladi va Vin Dizelning aytishicha, oxirgi qismi bo‘ladi.
2021 yilda premerasi kutilayotgan katta filmlar haqida batafsil bu yerda o‘qishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter