Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Forbes» eng ko‘p maosh oluvchi aktrisalarni e’lon qildi

«Forbes» eng ko‘p maosh oluvchi aktrisalarni e’lon qildi

Foto: «Segodnya»

Sofiya Vergara jahondagi eng ko‘p maosh oluvchi aktrisa — bir yilda 43 million dollar ishlagan «Modern Family» seriali yulduzini «Forbes» jurnali yangilangan reytingining birinchi pog‘onasiga joylashtirdi. Ta’kidlanishicha, Vergara bu pullarning katta qismini strim servislari va televideniyedan ishlagan.

O‘tgan yilgi reyting yetakchisi Skarlet Yohansson bu yil kuchli o‘nlikka kirmagan.

Anjelina Joli — ikkinchi o‘rinda. Bir yillik daromadi 35,5 million dollar. Vergaradan farqi, Joli barcha gonorarlarini kinodan ishlagan.

Isroillik aktrisa Gal Gadot (31,5 million dollar) — uchinchi o‘rinda. U «Forsaj» turkum filmlari, «Betmen Supermenga qarshi», «Adolat ligasi», «Mo‘’jiza-ayol» filmlari bilan tanilgan.

Reytingga kiritilgan 10 aktrisaning yillik daromadi jami 254 million dollarni tashkil etdi:

  1. Sofiya Vergara — $43 mln;
  2. Anjelina Joli — $35,5 mln;
  3. Gal Gadot — $31,5 mln;
  4. Melissa Makkarti — $25 mln;
  5. Meril Strip — $24 mln;
  6. Emili Blant — $22,5 mln;
  7. Nikol Kidman — $22 mln;
  8. Ellen Pompeo — $19 mln;
  9. Elizabet Moss — $16 mln;
  10. Viola Devis — $15,5 mln.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring