Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi xalqaro festivalda taqdirlandi

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi xalqaro festivalda taqdirlandi

«O‘zbekkino» MA buyurtmasiga binoan «Fox music cinema» studiyasi tomonidan suratga olingan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi (rej. Yolqin To‘ychiyev) VI Xalqaro Osiyo kinofestivali (Asian world film festival)da «The snow leopard award» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

2014 yildan buyon Los-Andjelesda o‘tkazib kelinayotgan ushbu xalqaro kinofestivalda Osiyo mintaqasining 50 mamlakatidan turli janrdagi filmlar saralab olinadi.

Mazkur kinofestival Osiyo va Gollivud kino sanoati o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

«O‘zbekkino» Milliy agentligi Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring