Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xiva — Turk dunyosi madaniyati poytaxti, deb e’lon qilindi. Bu bizga nima beradi?

Xiva — Turk dunyosi madaniyati poytaxti, deb e’lon qilindi. Bu bizga nima beradi?

Foto: «Xabar.uz»

Xalqaro Turkiy tashkiloti (Turksoy) tomonidan 2020 yilda Xiva shahri Turk dunyosi madaniyati poytaxti sifatida e’lon qilindi. Joriy yilning 30 noyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahrida o‘tkazilgan XXXVI navbatdagi quriltoyda bu haqda qaror qabul qilingan.

Xo‘p, bu e’tirof yurtimizga nima beradi? Eng avvalo biz ma’naviy jihatdan qardoshlarimiz bilan yakdil ekanimizni bildiradi. O‘zbek xalqi, O‘zbekiston tarixi va madaniyati turkiy qardoshlarimizning har doim e’tiborida bo‘lib kelgan. Xiva Turk dunyosi madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi bejiz emas. Bir yil davomida barcha turkiylar va boshqa elatlar nigohi qadim Xivaga qaratiladi.

Ma’naviy e’tirof yaxshi albatta, ammo buning iqtisodiy manfaati ham bo‘ladimi? Bo‘ladi, albatta. Yurtimizda so‘nggi vaqtlarda turizmni rivojlantirish uchun ko‘plab ishlar, tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xiva poytaxt, deb e’lon qilingan ekan, demak turkiy xalqlarning turli tadbirlari ham yurtimizda tashkil etiladi. Bu esa mehmonlar gurros-gurros tashrif buyuradi, degani. Mehmon bo‘lib ham shunchaki mehmon emas, balki xalqimiz, madaniyatimiz va shaharlarimiz haqida yozadigan ziyolilar, madaniyat xodimlari va mutaxassislar keladi. Bundan ortiq yana qanday targ‘ibot bo‘lishi mumkin? Ularning taassuroti bilan tanishgach yana qancha qardoshlar yurtimiz tomon otlanishini o‘ylab ko‘ravering.

Xiva, Samarqand va Buxoroni ko‘rishni orzu qilmagan turkiy bo‘lmasa kerak bu dunyoda. Agar shu vaqtgacha bu niyatini amalga oshirishga biror sabab topa olmay turganlar bo‘lsa, shu bahona yurtimizga keladi. Bayram muborak!

Ko‘ngil yaqin bo‘lsa, qolgani hech narsa emas...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring