«Yeralash» ko‘rsatuvi asoschisi Boris Grachevskiy koronavirusdan vafot etdi
![«Yeralash» ko‘rsatuvi asoschisi Boris Grachevskiy koronavirusdan vafot etdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_3980928131.jpg)
Mashhur bolalar telejurnali «Yeralash» («Aralash») badiiy rahbari va asoschilaridan biri Boris Grachevskiy 71 yoshida shifoxonada vafot etdi.
Koronavirusga chalingan Grachevskiy 27-dekabr kuni kasalxonaga keltirilgan edi. Keyin uni jonlantirish bo‘limiga o‘tkazishgan, so‘ngra shifokorlar uni komaga o‘tkazib, IVL-qurilmasiga ulashga majbur bo‘lishgandi.
11-yanvar kuni o‘ziga kelgan Boris Grachevskiy imo-ishoralar bilan muloqot qilishni boshlagandi. Ammo ko‘p o‘tmay ahvoli yana og‘irlashib, yana komaga o‘tkazilgandi. Shifokorlar uning holatini o‘ta og‘ir deya baholashgandi.
Ma’lumot uchun: «Aralash» telejurnalining ilk soni 1974-yilning 11-sentyabr kuni efirga uzatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter