Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diniy-tarixiy teleserial namoyishiga ruxsat berildi

Diniy-tarixiy teleserial namoyishiga ruxsat berildi

Foto: «TV Time»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita «Yunus Emro» diniy-tarixiy teleseriali namoyishiga ruxsat berdi. Tegishli xat qo‘mita raisi o‘rinbosari Nurimon Abulhasan tomonidan imzolangan. Bu haqda «Azon.uz» portali xabar bermoqda.

Din-u diyonatdan hikoya qiluvchi ushbu serial muborak Ramazonning saharlik vaqtida (03:05) efirga uzatilib,  kechki payt 18:05 da takroran namoyish etiladi.

Ushbu serialni  ommabop telekanallarda emas, kamtarona «AzonTV» ilmiy-ma’rifiy onlayn telekanali orqali tomosha qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, din-u diyonatda hikoya qiluvchi  «Bani Hoshimdan chiqqan oy» va «Umar ibn Hattob» seriallariga ijozat tegmaganidan o‘quvchilarimizning xabari bor. Qo‘mita raisi o‘rinbosari N. Abulhasan «...zamon jihatdan eskirgani, aholining ko‘pchilik qismi tomonidan ko‘rib bo‘lingani»  vaji bilan ularning namoyishini maqsadga muvofiq emas, deb topgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring