Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daho bilan yashash mashaqqatlari

Daho bilan yashash mashaqqatlari

Leonid Gaydayning vafotidan so‘ng aktrisa og‘ir yo‘qotishni boshidan kechirdi. Shunday bo‘lsa-da, bu judolikni yengib o‘tdi va yoshiga kattaligiga qaramay kinofilmlarda suratga tushishda davom etdi. Jumladan, Georgiy Daneliyaning «Chikka yoki pukka» filmida, Viola Tarakanova haqidagi detektiv serialda, «17-raqamli afsona» va «Ekipaj» kartinalarida namoyon bo‘ldi, hatto joriy yilning o‘zida «Ta’minlangan ayollar» serialida suratga tushdi.

Nina Grebeshkova daho bilan yashashning boshqa – qiyin tomonlari bilan ham to‘qnashgan. Eri vafot etgach, yillar o‘tib, unga Leonid Gaydayning sharafini himoya qilishiga to‘g‘ri keldi. Bu rejissyorning filmlarida qatnashgan ayrim aktrisalar jamoatchilik oldida u haqida salbiy fikrlar bildirishgan edi. Masalan, «Kavkaz asirasi» filmi yulduzi Natalya Varley o‘z avtobiografik kitobida Gayday mehmonxonada uni o‘pishga uringanini, devor ortida esa xotini bo‘lganini yozadi. «Brilliant qo‘l»dagi roli bilan tanilgan Svetlana Svetlichnaya ham rejissyorning «haddan tashqari jilovlanmagan» xulq-atvori haqida so‘zlab bergan.

Nina Grebeshkova esa shunday degandi:

– U menga xiyonat qilganmi? Men uchun bu qiziq emas. Gayday uchun ham, deb o‘ylayman. Holbuki, u ta’sirchan, nihoyatda hayratga tushadigan odam edi. Gayday barcha qahramonlarini yaxshi ko‘rardi – Seleznyovaning jozibasidan, Varleyning maftunkorligidan zavq olardi. Men hech qachon uni rashk qilmaganman, aksincha, o‘rniga o‘zimni qo‘yib ko‘rib, tushunishga harakat qilganman. Hammasiga ruxsat berganman. U buni suiiste’mol qilganmi-yo‘qmi, bilmayman».

Grebeshkova turmush o‘rtog‘ini nihoyatda sog‘inardi, u bilan uchrashgani bois o‘zini omadli deb hisoblardi. Biror kunni Gaydayni eslamasdan o‘tkazmasdi.

«Bilasizmi, men xotirada u bilan o‘tgan barcha lahzalarni qayta-qayta yodimga olaman va hayron qolaman – u meni qanday qilib ko‘tara oldi, axir judayam toqatsiz edim!» – degan edi Nina Pavlovna g‘am-g‘ussa bilan.

Endi Leonid Gayday ham, Nina Grebeshkova ham yo‘q.

Yorqin, mehribon inson – Nina Pavlovna Grebeshkova mayin tabassumi bilan tomoshabinlar xotirasida qoladi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring