Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cherchill chizgan rasm sotuvga qo‘yiladi

Cherchill chizgan rasm sotuvga qo‘yiladi

Foto: «Zen.yandex.ru»

Gollivud yulduzi Anjelina Joli Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Uinston Cherchill tomonidan chizilgan «Kutubiya masjidi minoralari» rasmini sotishga qaror qildi. «Forbes» ma’lumotlariga ko‘ra, Anjelina rasmni sobiq eri Bred Pitt bilan birga sotib olgan bo‘lib, mart oyida kimoshdi savdosida sotuvga qo‘yiladi.

«Kutubiya masjidi minoralari» Ikkinchi Jahon urushi davrida yaratilgan siyosatchining yagona asari hisoblanadi. Bir paytlar Cherchill uni AQSh prezidenti Franklin Ruzveltga sovg‘a qilgan, keyin u bir nechta kolleksionerlarning qo‘liga o‘tgan va, oxir-oqibat, yulduzli juftlikka kelib to‘xtagan.

Cherchill rasmni 1943-yilda Marrakeshda chizgan. U yerga Gitlerga qarshi koalitsiya mamlakatlari rahbarlari o‘rtasida Marokash Kasablankasida bo‘lib o‘tgan maxfiy muzokaralardan so‘ng borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring