Noqulay ob-havo sabab Buxorodagi xalqaro festival ochilishi boshqa kunga qoldirildi
Bugun, 21 may kuni soat 19:00da Buxoro shahar hokimligida xalqaro zardo‘zlik va zargarlik, kashtachilik san’ati festivalining ochilish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Ammo noqulay ob-havo, ya’ni chang bo‘roni sababli festivalning ochilish marosimi boshqa kunga ko‘chirilgan. Bu haqda shahar hokimligida o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilingan.
Esingizda bo‘lsa, bugun Buxoro shahri va G‘ijduvon Peshku, Romitan tumanlarida kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatilgandi. Xorazm va Navoiyda esa tomlar uchib tushgandi.
Anjumanda aytilishicha, Jahon hunarmandlar kengashi Buxoro shahriga «Jahon hunarmandlar shahri» maqomi berilishini aytgan.
4 kun davom etadigan xalqaro festivalda respublikaning barcha hududlaridan 288 nafar hunarmand qatnashmoqda. Shulardan 110 nafari zargar, 37 nafari zardo‘z, 44 nafari kashtado‘z, 97 nafari hunarmandchilikning boshqa yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.
Festivalda 58 ta davlatdan 221 nafar xorijlik ishtirok etmoqda. Shulardan 112 nafari hunarmand, 9 nafar faxriy mehmon, 4 nafar yuqori martabali xorijlik davlat arboblaridir.
Mehmonlar va ishtirokchilarga 150 ta mehmonxona, 49 ta kafe va restoranlar xizmat ko‘rsatmoqda. O‘z mahsulotlari ko‘rgazma-savdosini tashkil etish uchun 500 ta shatyorlar tashkil qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter