Bosh vazir Shahrisabzga tashrif buyurdi

Bugun, 3-sentabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Shahrisabz shahrida 6-10-sentabr kunlari o‘tkaziladigan Xalqaro maqom san’ati anjumaniga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Xalqaro miqyosdagi tadbirga tayyorgarlik ishlari keng ko‘lamda olib borilayotgani bilan birga, mutasaddi rahbarlarga qo‘shimcha vazifa va topshiriqlar berildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Bosh vazir tomonidan respublikaning har bir hududlaridan tashrif buyurgan tashkilotchilar o‘zining tarixi va madaniyatini namoyishida milliylik iforini tarannum etuvchi ekspozitsiyalarini ko‘paytirish vazifalari topshirildi.
Tanishuv davomida anjumanning chet ellik ishtirokchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Tadbir doirasida ularning Qashqadaryo viloyatining o‘ziga xos urf-odatlari, udumlari bilan yaqindan tanishish maqsadida, ushbu viloyatda joylashgan tarixiy obidalar, qadamjolar va ziyoratgohlarga ham tashriflari rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter