Bir bozorga qirq hunarmand oz. Uchtepada yurtimizda yagona hunarmandlar markazi ishlamoqda

Toshkent shahrining Uchtepa tumani hokimligi tashabbusi bilan matbuot vakillari uchun tuman bo‘ylab press-tur tashkil etildi. Tur davomida Uchtepa tumanidagi qadamjolar va diqqatga sazovor joylar ko‘zdan kechirildi.
Uchtepa tumanida O‘zbekistonda yagona bo‘lib turgan hunarmandlar markazi ish boshlaganiga bir oydan oshdi. Ushbu maskan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayrami arafasida ishga tushirilgan edi. «So‘g‘diyona» san’at markazining o‘ziga hos jihati shundaki, bu yerda O‘zbekistonning barcha viloyatlariga hos bo‘lgan hunarmandchilik mahsulotlarini topishingiz mumkin.
Markazda Samarqand kulolchiligi ham, Qoraqalpoq gilamchiligi ham va vodiy ipakchilik mahsulotlari ham uchraydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter