Barbara Brilska umurtqasini sindirib oldi

«Taqdir hazili yoki Qushdek yengil bo‘ling!» Yangi yil komediyasi bosh qahramonlaridan biri, polshalik aktrisa Barbara Brilska jiddiy jarohat olgan, deb yozmoqda «Starhit».
O‘zi bilan suhbat uyushtirishni istagan jurnalistlarga rad javobini bergan aktrisa buni tobi yo‘qligi bilan izohlagan.
«Tobim yo‘q, ovozim hozir juda yoqimsiz. O‘zimga kelib olgunimcha kutishga to‘g‘ri keladi. Hatto yaqinlarim bilan ham uchrasha olmayapman. Umurtqa sinishi... Bu nimaligini bilasizmi? Uzoq jarayon — tiklanish va hk. Jisman va ruhan cho‘kkanman. Buyog‘i nima bo‘ladi, dargumon», — degan 80 yoshli aktrisa.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter