Azim Mullaxonov: «Adabiyotning o‘z siri bor, qo‘shiq matnini Bobur Bobomurod yo Botir Ergashga ko‘rsatib olinglar» (video)
Bugun, 31-may kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasida «Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san’atkor odobi» mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Yig‘ilishga taklif etilgan 85 nafar san’atkordan 4 nafari kelmagani sababli O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon, xonandalar Asilbek Ne’matov, Feruza Jumaniyozova hamda Tohir Usmonovning litsenziyalari 2018-yil 31-maydan bekor qilingan edi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov xonandalarga qarata fikr aytar ekan, eng avval qo‘shiq matniga alohida e’tibor berishni ta’kidladi.
— Bilamiz, ko‘pchilik o‘zi, ba’zida musiqachilar yoki oranjirovkachilar ham matn yozib, ashula qilib yuribdi. Lekin adabiyotning o‘z sir-asrorlari bor. Qo‘shiq matnini Bobur Bobomurod yoki Botir Ergashevga bir ko‘rsatib olinglar. Keyin klipim o‘tmadi, deb afsus qilishdan foyda yo‘q, — dedi A.Mullaxonov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter