Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avaz Oxun qaysi mavzuda hazil qilishga qo‘rqishi va katta pulga kuygani haqida gapirdi

Avaz Oxun qaysi mavzuda hazil qilishga qo‘rqishi va katta pulga kuygani haqida gapirdi

Qiziqchi Avaz Oxun «Daryo» nashriga intervyu berdi.

Unda qiziqchi o‘z hayoti va ijodiga oid ayrim ma’lumotlarni ochiqlagan. 

— Diniy masalalarda latifa yoki hazil qilishga qo‘rqaman. Bu borada ataylab pand yedirishgan. Men gapirgan gapga, bitta domlaning gapini montaj qilib, chiqarishgan. Dushmanlik uchun qilishgan. Chunki men u gapni boshqa maqsadda gapirganman, domla ham umuman boshqa odamga gapirgan, shuni bir-biriga ulab, montaj qilib, fitna qilishgan, bu fitna.

Diniy masalaga aqlimiz yetmaganidan so‘ng, ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Bilmay ham gapirib qo‘yishdan Alloh asrasin, — deydi qiziqchi.

Biznes yuritishi bo‘yicha savolga  «ayni vaqtda hech qanday biznesim yo‘q. Uy olib sotib, mashina olib sotib, deyarli uch xonalik uyning puliga tushib qolganman. Shundan so‘ng «biznes mening ishim emas», degan qarorga kelganman», deya izoh beradi san’atkor.

Ma’lumot uchun, Avaz Oxun 1983-yil, 27-aprelda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat San’at va madaniyat institutini tugatgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring