Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asil tanlov uchun asil qo‘shiqlar yetishmagani sababli «Zuvola» muddati uzaytirildi

Asil tanlov uchun asil qo‘shiqlar yetishmagani sababli «Zuvola» muddati uzaytirildi

Foto: «O‘zbekkonsert» DM

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasining majlislar zalida «Zuvola» asil qo‘shiqlar milliy tanlovi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot kotibi M.Asqarxo‘jayeva, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xodimlari, «Zuvola» asil qo‘shiqlar milliy tanlovi hay’at a’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Joriy yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan shoir, bastakor hamda xonandalarning ijodiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali yaratilgan yangi va eng yaxshi asarlar mualliflarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida «Zuvola» asil qo‘shiqlar milliy tanlovi e’lon qilingan edi.

Tanlov uchun Toshkent shahri va viloyatlarda ijod qilib kelayotgan ijodkorlar turli yo‘nalishda ko‘plab yangi qo‘shiqlar yo‘llashdi va ular orasidan tanlovda qatnashishga saralab olindi. Jumladan, 2018-yilning 27-yanvaridan 15-fevraliga qadar tanlovda ishtirok etish uchun ko‘rsatilgan manzilga 2500 ga yaqin qo‘shiqlar taqdim etildi.

Mazkur tanlov yuzasidan shu kunga qadar bir necha marotaba hay’at a’zolari yig‘ilishlari tashkil etildi. Bunda shoirlar, bastakorlar, hamda xonandalar tomonidan tanlovga yuborilgan qo‘shiqlarning matni, musiqasi hamda xonandalarning ijro mahoratiga katta etibor qaratilib, saralab olindi.

Matbuot anjumanini O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot kotibi M.Asqarxo‘jayeva ochib berdi va tanlov haqida umumiy ma’lumotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra, tanlov e’lon qilingan joriy yilning 25-yanvar sanasidan to tanlov yakunlanishi nazarda tutilgan 15-fevralga qadar kelib tushgan 2500 ta qo‘shiq orasidan kuchli yigirmatalik uchun faqatgina to‘rtta qo‘shiq tanlab olingan. Nisbatan yaxshi deya e’tirof etilgan 15 ta qo‘shiq esa tanlovning rag‘batlantiruvchi mukofotlari uchun mo‘ljallangan 30 ta qo‘shiq safiga kiritilgan.

Shu sababli tanlov tashkilotchilari tanlov muddati uzaytirilganini ma’lum qilishdi. «Zuvola» asil qo‘shiqlar milliy tanlovi joriy yilning 20-may kuni 20:20 gacha davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring