Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura qimmatbaho asarni davlatga qaytardi

Bosh prokuratura qimmatbaho asarni davlatga qaytardi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bosh prokuratura tomonidan 2014-yil 27-mayda Yakkasaroy tumani IIB TB tomonidan K.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 170-moddasi (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan surishtiruv o‘tkazildi.

Tergov tomonidan aniqlanishicha, 2008-yil 28-avgustda fuqaro A.P. o‘z tanishi bo‘lgan K.Y.ga rassom Rembrandt Van Reynning muallifligidagi asarni 50 ming AQSh dollariga sotganligi va u o‘z navbatida tanishi bo‘lgan R.F. orqali asarni respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketganligi ma’lum bo‘ldi.

2014-2018 yillar davrida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi va javobgarlikka tortish muddati tugaganligi sababli jinoyat ishi bir necha marta to‘xtatilgan va tugatilgan.

Shundan keyin, fuqaro A.P. qabul qilingan qarorlardan noroziligi xaqida Bosh prokuror nomiga ariza bilan murojaat qildi.

Bosh prokuror topshirig‘iga asosan ushbu jinoyat ishi Toshkent shahar IIB Tergov bo‘limidan talab qilib olindi va 2018-yil 4-iyunda Bosh prokuraturaning o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasining ish yurituviga berildi.

Boshqarma tomonidan 2018-yil 14-iyunda o‘tkazilgan tezkor-tergov tadbirlar natijasida ushbu jinoyat ishi fosh etilib, Rembrandt asari topildi.

Tergov natijalariga ko‘ra, K.Y. va R.F. Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) va 238-moddasining 2-qismi (yolg‘on guvohlik berish) bilan ayblanuvchi sifatida jalb qilindi va 2018-yil 14-sentyabrdagi jinoyat ishi ayblov dalolatnomasi bilan sudga yuborildi.

2018-yil 21-noyabrdagi jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining hukmiga ko‘ra, K.Y. va R.F. aybdor deb topildi, asar esa davlat daromadiga o‘tkazildi.

Caption

Sud hukmining ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 8-fevral kuni Majburiy ijro byurosi Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Majburiy ijro byurosi Yashnobod tuman bo‘limining 2019-yil 13-martdagi xatiga asosan, rassom Rembrandt Van Reynning mualliflik ishi maxsus komissiya a’zolari ishtirokida tegishli protsessual tartibda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining mas’ul xodimlariga taqdim etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring