Amir Temur qabri yana ochildimi? – Rasmiy izoh berildi
Internet tarmog‘ida 2022-yilning 23-fevral kuni Samarqand shahrida joylashgan Amir Temur maqbarasida olimlar tomonidan arxeologik tadqiqotlar olib borilayotgani, «Temuriylar qabri» yana ochilgani to‘g‘risida yolg‘on (feyk) xabar tarqatildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Bu xabar hech bir asosga ega emas. Sababi arxeologik tadqiqot olib borish uchun tegishli tartibda davlat organlari hamda vakolatli tashkilotlardan ruxsat olinishi kerak.
Amir Temur maqbarasida tadqiqot ishlarini olib borish uchun hech kimga ruxsat berilmagan.
Shu bilan bir qatorda xabarda keltirilgan qazishma rahbari deb belgilangan Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy 1897-1970-yillarda yashab o‘tgan bo‘lib, u 1941-yilda olib borilgan qazishma ishlariga rahbarlik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter