Aleksandr Bekjonov Muqimiy teatriga direktor etib tayinlandi

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov tayinlandi.
Bu haqda bugun, 8 iyun kuni Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi vakillari va teatr jamoasi ishtirokida yig‘ilishda e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, teatrning avvalgi rahbari Mirza Azizov koronavirus yuqtirishi oqibatida vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter