AKT vazirligida o‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «O‘zbek tili bayrami» kuni munosabati bilan «Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!» mavzuida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Vazirlik markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi. Shuningdek, hududiy boshqarmalar vakillari videkonferens-aloqa ko‘rinishida mazkur tadbirda qatnashdi.
Tadbirda shuningdek, tizimdagi korxona va tashkilotlar xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi mas’ullari tomonidan vazirlik va idoralarda davlat tilida ish yuritish, o‘zbek tilining jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek, ijodiy uchrashuvda 5 jildlik «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» hamda «Davlat tilida ish yuritish» uslubiy qo‘llanmasining taqdimoti ham o‘tkazildi. Tadbir davomida mazkur qo‘llanma Vazirlik markaziy apparati boshqarma va bo‘limlariga taqdim qilindi. Tizimdagi boshqa korxona va tashkilotlarga mazkur qo‘llanmaning elektron varianti ishda qo‘llash uchun yetkazib berildi.
Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazir o‘rinbosari B. Olmatov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘. Majidov, Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti ma’sul xodimi F. Hayitov ishtirok etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter