Ahmadjon Meliboyev akademik unvonini oldi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida faoliyat yuritayotgan Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro akademiya har to‘rt yilda bir marta adabiyot, madaniyat va ilm-fan sohasida yuksak natijalarga erishgan ijodkorlarga o‘z mukofotlarini taqdim etadi, deb xabar berdi «O‘zA»
Bu yilgi tanlov natijalariga ko‘ra, «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharriri, «Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston» doimiy ekspozitsiyasi rahbari Ahmadjon Meliboyevga akademik unvoni berildi. Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov ham adabiyot va san’at yo‘nalishida laureatlik mukofoti bilan taqdirlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter