Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ABBA qaytmoqda: 1978-yilda yozilgan qo‘shiq 22-oktyabr kuni taqdim etiladi

ABBA qaytmoqda: 1978-yilda yozilgan qo‘shiq 22-oktyabr kuni taqdim etiladi

Foto: «Aussiedlerbote.de»

Shvetsiyaning mashhur ABBA pop-guruhi 1978-yilda yozilgan, ammo hanuz taqdim etilmagan qo‘shig‘ini 22-oktyabrda omma e’tiboriga havola etadi. Bu haqda guruhning «Instagram»dagi sahifasida ma’lum qilindi.

«Just A Notion» qo‘shig‘i Benni Andersson va Byorn Ulveus tomonidan «Voulez-Vous» albomi uchun yozilgan.

Kvartetning yangi albomi taqdimoti 5-noyabr sanasiga belgilangan. Albomdan o‘rin olgan «I Still Have Faith In You» hamda «Don’t Shut Me Down» kompozitsiyalarini ko‘pchilik tinglashga ulgurdi.

Ma’lumot uchun: 1972-yilda tashkil etilgan ABBA guruhi o‘n yillik faoliyatidan so‘ng 1982-yilda tarqab ketgan. 2020-yilda jamoa a’zolari yana birlashishga qaror qilishdi, ular albom va konsert dasturini tayyorlashmoqda. Katta konsert Londonda maxsus qurilgan arenada 2022-yilning 27-may kuni o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring