Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotadagi kovid-kasalxonada bemorlar ko‘payib ketdi

Zangiotadagi kovid-kasalxonada bemorlar ko‘payib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiotadagi koronavirusga chalingani gumon qilingan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan yuqumli kasalliklar shifoxonasi koridorlari odamlar bilan to‘la ekani, tartibsiz muhit yuzaga kelgani, har yoqdan yo‘tal ovozlari eshitilayotgani aks etgan videoyozuvlar tarqaldi.

Videoyozuvlardagi holat haqiqatan ham Zangiotadagi kasalxonada yuz bergani, bunday holat 1 iyul kuni soat 19:00 atrofida kuzatilganini tasdiqlandi. Bu haqda shifoxona direktori Doniyor Mirazimov «Daryo»ga ma’lum qilgan.

«Bemorlar oqimi keskin oshib ketganligi va ular saralanmagani, barcha bemorlarning MSKT, rentgen, PZR analizlarini olib, saralash uchun ko‘p vaqt va resurs talab etilgani sababli shunday tirbandlik paydo bo‘lgan», — deydi shifokor.

Uning qo‘shimcha qilishicha, videoda aks etgan holat («tirbandlik») soat 22:00 ga kelib bartaraf etilgan, buning uchun barcha bo‘lim mudirlari, katta hamshiralar va bo‘sh personal yordamga safarbar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda avval yopilgan uchta kovid-markaz yana ochilgani xabar qilingandi.

SSVning kunlik statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda besh yuzga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring