Zangiota shifoxonasidagi reanimatsiya bo‘limi jang maydoniga aylangan (video)
«O‘zbekiston-24» telekanali ijodkorlari SSV matbuot xizmati bilan hamkorlikda Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan reportaj tayyorladi.
Ushbu muassasaning reanimatsiya bo‘limi bugun «COVID-19» infeksiyasiga qarshi chinakam jang maydoniga aylangan. Bu yerda davolanayotgan ko‘pchilik bemorlarning yagona orzusi bor: u ham bo‘lsa, toza havodan to‘yib-to‘yib nafas olishdir.
Afsuski, hamma ham shu orzuga yeta olayotgani yo‘q.
Bugun bu yerda homilador ayollar, norg‘ul yigitlar, murg‘ak go‘daklar, qo‘yingki, turli yoshdagi bemorlar havo yetishmasligi, nafas qisishi kabi og‘ir holatda o‘lim bilan olishmoqda.
Achchiq bo‘lsa ham aytish kerak, shifokorlarning har qancha urinishlariga qaramay, ayrim bemorlarning oxirgi qadamlari shu maskanda qolmoqda...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter