Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda koronavirusga qarshi to‘liq emlangan keksalar soni ochiqlandi

Yurtimizda koronavirusga qarshi to‘liq emlangan keksalar soni ochiqlandi

Foto: SSV

SSV Matbuot xizmati emlash jarayonlarining 5 yarim oylik tahlillarini berishda davom etadi.

15-sentyabr holatiga ko‘ra, 65 yoshdan katta bo‘lgan fuqarolarni emlash uchun 1 667 279 doza vaksina ishlatilgan.

791 153 nafar 65 yoshdan oshganlar virusga qarshi 1-doza vaksinalari bilan emlangan bo‘lsa, ularning 501 210 nafari koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

Shunday qilib, emlanishi kerak bo‘lgan keksalarning 49 foizi virusga qarshi 1-doza vaksinalari bilan emlanganini ko‘rishimiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring