Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda koronavirusga qarshi emlanganlar soni haqida ma’lumot berildi

Yurtimizda koronavirusga qarshi emlanganlar soni haqida ma’lumot berildi

Foto: SSV

Vaksinatsiyaning uchinchi kunida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 9551 nafar fuqaro emlandi.

Vaksina olganlarning 3441 nafarini 65 yoshdan yuqori fuqarolar va 6110 nafarini tibbiyot xodimlari tashkil qildi.

3-aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

Toshkent shahri (2105 nafar),

Buxoro viloyati (1166 nafar),

Andijon viloyati (1083 nafar),

Toshkent viloyati (844 nafar) band qildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1-aprel kuni  5018 nafar, 2-aprel kuni  9211 nafar fuqaro emlangan edi.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring